» YANGI O’ZBEKISTON-YANGICHA DUNYOQARASH»

Joriy yilning noyabr oyidan boshlab Respublikamizning barcha hududlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish ,joylarda aholining ijtimoiy kayfiyatini ko’tarish hamda ularni faollikka chorlash bo’yicha «Mahallabay» tarzida ma’naviy-ma’rifiy ko’ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xuddi shunday ma’naviy-ma’rifiy ko’ngilochar tadbirlar Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi ta’lim muassasalarida ham o’tkazilmoqda. Joriy yilning 11-noyabr kuni tumandagi » Qizilyozi» mahalla fuqarolar yig’inidagi 36-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida «Yangi O’zbekiston-yangicha dunyo qarash » shiori ostida Respublika ishchi guruhi , tuman hokimligi,viloyat yozuvchlar uyushmasi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi vakillari,professor-o’qituvchlar,sportchilar,san’atkorlar va mahalla faollari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ko’ngilochar tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida » Yangilanayotgan O’zbekiston «, » Sardobada yangi tong » va » Shukrona » videoroliklari namoyish etildi.

“ Kundalik com ” платформасида ишлаш юзасидан ўқув семинари ўтказилди

Янгиқўрғон туман халқ таълими бўлимига қарашли 12-сонли умумий ўрта таълим мактабида “ Kundalik com ” платформасида таълим муассасасида олиб борилган ишлар туман халқ таълими бўлими мутахассислари томонидан ўзаро методик ёрдам йўналишида  ўрганилди. Таълим муассасаси педагог ходимлари билан ўрганиш натижалари таҳлил қилинди ҳамда жамоа билан “ Kundalik com ” платформасида ишлаш юзасидан ўқув семинари ўтказилди. Ўқув семинарида Таълим муассасаси жамоаси билан ўзаро фикр алмашиниб, келгусида амалга ошириладиган вазифалар белгилаб олинди.

DIQQAT, TANLOV !

DIQQAT — TANLOV!!!
«Mening orasta qizim — Mening mard o‘g‘lonim» shiori ostida joriy yilning 29-avgust kunidan 15-sentabr kuniga qadar tanlov e’lon qilinadi.

I. Tanlov shartlari qanday❓❓❓

1️⃣ Tanlovda barcha o’quvchilar ishtirok etishi mumkin. Unda xohlagan ishtirokchi biror uy yumushlarini tayyorlashi, raqsga tushishi yoki musiqa kuylashi va musiqa cholg’ularini chalishi yoki sport bilan shug‘ullanishlarini video tasvirga olib bizni kanalga yuborsin.

2️⃣ Videoroliklar 2020 йил 29-avgustdan 15-sentabrga qadar 10:00dan 22:00gacha
https://t.me/mittiyulduzlar telegram manziliga yuboriladi. 📤

II. G’oliblarni aniqlash tartibi qanday❓

G’oliblar 100 ballik tizimda baholanadi:

Videorolikning no’ananaviyligi – 30 ballgacha;
o‘quvchining xati xarakarlari – 30 ballgacha;
Ishtirokchining mahorati — 20 ballgacha;
ota-onalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlab ishtirok etishi 20 – ballgacha.

  1. G’oliblar 18-sentabr kuni soat 20:00 да mitti_yulduzlar telegram kanalida e’lon qilinadi.

III. G’oliblar qanday mukofotlanadi❓

🥇 3 nafar ishtirokchiga kanalimizning oliy darajali diplomi topshiriladi.

📌Qolgan barcha ishtirokchilarga kanalimizning I-darajali diplomi topshiriladi.