XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

O‘QUV YILI TUGAGACH O‘QUVCHILARDAN DARSLIKLAR QAYTARIB OLINADIMI?

Savol:

Bugungi kunda o‘quvchilar Onlayn topshiriqlarini bajarmoqdalar, o‘quv yili tugagach darslklar o‘quvchilardan qaytarib olinadimi, tartibi qanday bo‘ladi?

Javob:

Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Doniyor Ermatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tilgan edi.

Doniyor Ermatovning xabarida aytilishicha, o‘quvchilarga darsliklar “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi” nizom asosida ijaraga berilgan.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, darsliklar karantin davri yakunlaganidan keyin o‘quvchilar tomonidan kutubxonaga qaytarib beriladi.

Shunday ekan darsliklar o‘quvchilardan O‘zbekistonda karantin davri yakunlanganidan keyin qaytarib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’lim vazirligi karantin tartibini buzmaslik uchun maktab bitiruvchilarga attestat va ma’lumotnomalarni ham Onlayn tarzda berilishini ta’kidlagan edi.